Главная » 2016 » Август » 21

Rio–2016. Braziliya futbol bo‘yicha Olimpiya chempioniga aylandi


  • Pro_eXclusive
  • 21 Авг 2016(11:36)
  • 140
  • 0
Rio–2016 Olimpiya o‘yinlari futbol musobaqasida Braziliya olimpiya terma jamoasi final bahsida Germaniya futbolchilari bilan o‘zaro bahs olib bordi, deb xabar bermoqda “Sports.ru”. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Qo‘shimcha bo‘limlarda hisob o‘zgarmadi va jamoalar penaltilar seriyasiga murojaat qildi. Unda Braziliya olimpiyachilari 5:4 hisobida zafar quchib, o‘z tarixida birinchi marta Olimpiada chempioniga aylandi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Nigeriya olimpiya termasi Gondurasni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Rio–2016, futbol. Final Braziliya U-23 – Germaniya U-23 – 1:1 Penaltilar seriyasi – 5:4 Gollar: 1:0 – 27 Neymar, 1:1 – 59 Mayer. Braziliya U-23 – Ueverton, Markinyos, Duglas Santos, Ze Karlos, Rodrigo Kayo, Uolas, Renato Augusto, Luan, Gabriel Jezus (Rafinya, 95), Neymar, Gabriel (Felipe Anderson, 70). Germaniya U-23 – Xorn, Ginter, Klostermann, Tolyan, Zyule, Mayer, Bender, Brandt, Bender (Premel, 67), Gnabri, Zelke (Petersen, 76). Ogohlantirishlar: Ze Karlos (30), Gabriel (44), Zelke (49), Premel (80), Bender (81), Zyule (89).

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar