Главная » 2016 » Август » 22

Rio—2016 da sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilarning umumiy pul mukofoti 1 mln 525 ming AQSh dollariga teng bo‘ldi


  • Pro_eXclusive
  • 22 Авг 2016(12:28)
  • 352
  • 0
Rio—2016 Olimpiadasiga 70 nafar sportchi bilan jo‘nab ketgan O‘zbekiston terma jamoasi sportchilariga oltin medal uchun 200 ming AQSh dollari miqdorida mukofot puli tayin qilingandi. O‘zbekiston tomonidan va’da qilingan bu ko‘rsatkich kumush medal sohiblari uchun 100 ming, bronza medalini qo‘lga kiritgan sportchilar uchun 75 ming dollarni tashkil qilgandi. O‘zbekiston delegatsiyasi Rio—2016 Olimpiadasida 4 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu esa Olimpiada sovrindori bo‘lgan 13 nafar o‘zbekistonlik sportchi umumiy hisobda 1 million 525 ming AQSh dollari qiymatida mukofot pulini qo‘lga kiritishini bildiradi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar