Главная » 2016 » Август » 22

Rio—2016. O‘zbekiston boks termasi Kuba, Rossiya, Qozog‘iston kabilarni ortda qoldirib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi


  • Pro_eXclusive
  • 22 Авг 2016(12:17)
  • 349
  • 0
O‘zbekiston boks terma jamoasi Rio—2016 Olimpiadasida tarixda ilk bor 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 1996-yilgi Olimpiadadan ishtirokini boshlagan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ortda qolgan olti Olimpiadadagi eng yaxshi ko‘rsatkichini qayd etdi. O‘zbekiston boks terma jamoasi o‘z sportchilari bilan ishtirok etgan Olimpiadalarda eng yaxshi natijani Kuba qayd etgandi. Rio—2016 da esa O‘zbekiston terma jamoasi jahonning Olimpiadada ishtirok etgan barcha mamlakatlarini ortda qoldirdi. O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etgan Olimpiadalardagi eng yaxshi boks terma jamoalari: Atlanta—1996 Kuba: 4 ta oltin va 3 ta kumush Sidney—2000 Kuba: 4 ta oltin va 2 ta bronza Afina—2004 Kuba: 5 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza Pekin—2008 Xitoy: 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza London—2012 Buyuk Britaniya: 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza Rio—2016 O‘zbekiston: 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar