Главная » 2016 » Август » 18

Salon Exclusive: Mebel va interyer jihozlari xarid qilishning ham oson, ham qulay tanlovi


  • Pro_eXclusive
  • 18 Авг 2016(11:06)
  • 223
  • 0
Kundalik hayotimizning hech bir onini ularsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ko‘chada, uyda, ishda, ta’lim dargohlarida, ko‘ngilochar maskanlarda va umuman har joyda biz doimo ularning xizmatiga ehtiyoj sezamiz. Gap nima haqida ketayotganligini anglagandirsiz? Albatta, mebel jihozlari haqida! Hatto eng yuqori darajadagi qulayliklar bilan boyitilgan xonadon yoki binolarni ham sifat va dizayn borasida oldingi o‘rinlarda turgan zamonaviy mebel jihozlari bilan yanada fayzli qilish mumkin. Buning uchun ortiqcha o‘ylanib o‘tirishga hojat yo‘q. Salon Exclusive mebellar saloni sizga o‘zining 50 dan ortiq turdagi chidamli, mustahkam, dunyoning ilg‘or ishlab chiqaruvchilari tajribalari asosida yaratilgan va, eng muhimi, oilangizning barcha vakillari istaklari inobatga olingan ko‘rkam mebel hamda interyer jihozlari, aksessuarlarni taklif etadi. Tarba Casaclassica, Euro design, Mario Pepi, Maranes, Domingo Salotti, Serenissima (Italiya), Panamar, Dina Tapizados (Ispaniya), Davon, Palici, Senbetter (Xitoy) kabi 10 dan ortiq, yillar davomida sinalgan fabrikalardan olib kelingan mahsulotlar nafaqat siz, keyingi avlodlar uchun ham beminnat ko‘makchi vazifasini o‘tashi aniq. Eng hayratlanarlisi, ko‘zingizni quvnatgan, “Bu jihoz albatta mening uyimda bo‘lishi kerak”, degan fikrni ko‘nglingizga solgan istalgan mebelni siz to‘plam bilan yoki to‘plamidan alohida holda sotib olish imkoniyatiga egasiz! Aytish kerakki, yaqin-yaqingacha mebel jihozlarini alohida xarid qilish tushunchasi xorijiy tajribalarda uchrar edi. Shunday ekan, albatta bu tuhfadan foydalanib ko‘rishingiz kerak. Eng nozik did sohiblaridan tortib provans, futurizm, minimalizm, ampir, eklektika, klassika, qat’iy klassika, tarixiy klassika, zamonaviy klassika, art-deko, modern, xay-tek, sharqona uslublardagi interyerning zamonaviy dizaynlarini xush ko‘ruvchilargacha bu yerda xotirjam tarzda o‘z tanlovlarini amalga oshirishlari mumkin. Salon Exclusive’dan siz umumiy xonalar, mehmonxona, bolalar xonasi, yotoqxona, yo‘lak hududi, kabinet, shahar tashqarisidagi dam olish uyi, xonadoningizning har bir burchagini bezashi mumkin bo‘lgan javonlar, stol-stullar, ish stollari, komod, servantlar, divanlar, kompyuter stoli, tokchalar, krovatlar, xarrak, tumbalar, oshxona jihozlari, yotoq mebellari, kiyim ilgichlar, manejlar, kreslolar, ofis jihozlari, so‘nggi urfdagi sandiqchalar va boshqa shu kabi nihoyatda kerakli bo‘lgan buyumlarni ikkilanmasdan, o‘zingizga qulay narxlarda xarid qilishingiz mumkin. Murojaat uchun Veb-sayt: www.salonexclusive.uz va Facebook’dagi sahifa Telefonlar: (+998-90) 949-30-50, (+998-98) 117-45-67, (+998-71) 250-24-24 Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Kichik Halqa yo‘li, 26A, 100022 Mo‘ljal: KIA servis markazi, “Laringit” shifoxonasi, Toshkent xalqaro aeroporti ko‘prigi va Janubiy vokzal oralig‘ida

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar