Главная » 2016 » Сентябрь » 3

Samsung butun dunyo bo‘ylab Galaxy Note 7 smartfonlarini bepul almashtirib beradi


  • Pro_eXclusive
  • 03 Сен 2016(09:12)
  • 347
  • 0
Samsung kompaniyasi Samsung Galaxy Note 7’ni chaqirib olishi haqida rasman e’lon qildi va ushbu flagman smartfoni sotuvini to‘xtatdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Sotilgan qurilmalarni kompaniya yangilariga almashtirib berad Ishlab chiqaruvchi smartfonlarning zaryad olish chog‘ida yonib ketishi bilan bog‘liq 35 ta holatni qayd etdi. Butun dunyoda jami 1,5 milliontaga yaqin qurilma sotilgan. Kompaniyadagilar barchasini yana bir marta tekshirib ko‘rib, potensial nuqsonlarni aniqlamoqchi ekanligini aytdi. “Biz puxta tekshiruv o‘tkazdik va akkumulyator bilan bog‘liq ehtimoliy muammolarni aniqladik”, — deyiladi kompaniya xabarida. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy Note 7 O‘zbekistonda 6 million so‘mdan sotila boshlagani xabar berilgan edi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar