Главная » 2016 » Сентябрь » 13

Sanjar Tursunov jarima zarbasidan kiritgan golini Islom Karimov xotirasiga bag‘ishladi


  • Pro_eXclusive
  • 13 Сен 2016(16:21)
  • 340
  • 0
Ukraina Premyer-ligasining 7-turida Sanjar Tursunov to‘p suradigan “Vorskla” klubi o‘z maydonida “Volin” futbolchilarini qabul qildi va 2:1 hisobida zafar quchdi. 46-daqiqaga kelib maydonga tushirilgan o‘zbekistonlik futbolchi 74-daqiqada jarima zarbasidan gol kiritib, mezbonlarga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi. “Championat.asia”ning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilinishicha, Sanjar Tursunov mazkur golini 2-sentabr kuni vafot etgan O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishladi.

Теги: Sanjar Tursunov jarima zarbasidan k

Всего комментариев: 0
avatar