Главная » 2016 » Август » 19

Saudiya Arabistoni xorijiy investorlarga fond birjasi savdolarida ishtirok etishga ruxsat berdi


  • Pro_eXclusive
  • 19 Авг 2016(11:53)
  • 63
  • 0
Saudiya Arabistoni xorijiy investorlarga mahalliy Tadawul fond birjasida aksiyalarning birlamchi joylashtirilishida ishtirok etishga ruxsat berdi. Mazkur qaror kelgusi yil 1-yanvardan kuchga kiradi, deya xabar beradi “RBK”. Mamlakat Fors bo‘g‘ozining yirik fond bozori bo‘lib, kapitallashuvi hajmi 384 milliard dollarni tashkil etadi. Shu paytga qadar uning kapitallashuvi bo‘yicha dunyoda 11-o‘rinni egallaydigan yagona birjasi chet ellik investorlar uchun yopiq bo‘lib kelayotgandi. Biroq daromadi Saudiya Arabistoni budjetining salkam 90 foizini tashkil etadigan neft narxi keyingi ikki yil mobaynida ikki barobar tushib ketgach mamlakat rasmiylari fond bozorini erkinlashtirishga qaror qildi. Ma’lumot uchun, ayni paytda xorijiy investorlarga mahalliy kompaniyalar aksiyalarining 50 foizidan ortig‘iga egalik qilish man etilgan. Joriy yil sentabrida Ar-Riyod savdolarda ishtirok etishga nomzodlarga qo‘yiladigan talablarni susaytirishi bildirilmoqda.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar