Главная » 2016 » Сентябрь » 4

Selena Gomes jiddiy xastalik tufayli gastrollarini to‘xtatadi


  • Pro_eXclusive
  • 04 Сен 2016(16:59)
  • 483
  • 0
Amerikalik qo‘shiqchi va aktrisa Selena Gomes jiddiy autoimmun xastalikka qarshi kurashish uchun Revival konsert turi yakunlangandan so‘ng, karyerasida tanaffus olishini ma’lum qildi. Bu haqda The Guardian nashri ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Gomesning ta’kidlashicha, gastrollar unda vahima va tushkunlikni keltirib chiqargan, vahima hujumlari esa hatto sahnada ham yuz bera boshlagan. Aynan ular tufayli qo‘shiqchi mazkur oyda Sidneydagi konsertini to‘xtatishga majbur bo‘lgan. Hozirgi paytda Revival turining keyingi konsertlari bo‘lish-bo‘lmasligi noma’lum. U joriy yilning dekabriga qadar davom etishi kerak edi. Gastrollari doirasida qo‘shiqchi Janubiy va Shimoliy Amerika, shuningdek, Yevropa va Osiyoning bir qator shaharlarida chiqish qilishi lozim edi. Selena Gomesning xastaligi haqida ilk marta o‘tgan yili ma’lum bo‘lgan edi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar