Главная » 2016 » Сентябрь » 10

Sergey Lavrov: Damashq Suriya bo‘yicha kelishuvlarni bajarishga tayyor


  • Pro_eXclusive
  • 10 Сен 2016(14:39)
  • 195
  • 0
Damashq Rossiya va AQShning Suriya bo‘yicha kelishuvlari mazmunidan xabardor va ularga rioya etishga tayyor. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”. “Suriya rahbariyati biz tomonimizdan mazkur kelishuvlar bilan tanishtirilgan va ularni bajarishga tayyor. Biz AQSh bilan kelishib olgan masalalarni qo‘llab-quvvatlamoqda”, — deya ta’kidladi Lavrov AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bilan Jenevadagi muzokaralari yakunidan so‘ng. Vazirga ko‘ra, ikki mamlakat Suriyadagi vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan 5 ta hujjatdan iborat kelishuvlar to‘plami haqida bir qarorga kelgan. Ular terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha samarali muvofiqlashtirishni yo‘lga qo‘yish, aholi, xususan, Aleppo fuqarolariga gumanitar yordam ko‘lamini kengaytirish, jangovar harakatlarni to‘xtatish tartibini mustahkamlashga qaratilgan.

Теги: Sergey Lavrov: Damashq Suriya bo‘yi

Всего комментариев: 0
avatar