Главная » 2016 » Ноябрь » 9

Sidney jahonning eng rivojlangan shahri deb tan olindi


  • Mirkarimoff
  • 09 Ноя 2016(21:39)
  • 657
  • 0

Reputation Institute konsalting agentligi jahonning eng rivojlangan shaharlari reytingini tuzib chiqdi. Ro‘yxatga Avstraliyaning Sidney shahri boshchilik qilmoqda, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Vena (Avstriya) va Syurix (Shveysariya) egalladi. Birinchi o‘nlikka, shuningdek, Toronto (Kanada), Stokgolm (Shvetsiya), Edinburg (Shotlandiya), Monreal (Kanada), Rim (Italiya), Vankuver (Kanada), Kopengagen (Daniya) kirdi.Respondentlarning fikricha, Sidneyda chiroyli hayot uchun barcha sharoitlar mavjud.

Reytingga asos bo‘lib xizmat qilgan, City RepTrak 2016 tadqiqoti doirasida o‘tgan so‘rovda 20 ming respondent ishtirok etdi.

Теги: Sidney jahonning eng rivojlangan sh

Всего комментариев: 0
avatar