Главная » 2016 » Август » 18

Singapur gazetasida o‘zbek oshi haqida maqola chop etildi


  • Pro_eXclusive
  • 18 Авг 2016(17:37)
  • 205
  • 0
Singapurning 1957-yilda asos solingan Berita Harian gazetasida eng ko‘p tarqalgan o‘zbek milliy taomi — oshga bag‘ishlangan maxsus maqola chop etildi, deb yozadi “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi matbuot xizmati. Maqola muallifi oshni Pokiston va Hindistonda keng tarqalgan biryani taomi bilan taqqoslaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, palov qator Osiyo mamlakatlaridagi guruchli taomlarga nisbatan boyroq ta’mga ega, shuningdek, unda ko‘proq masalliqlar ishlatiladi. Singapurlik mushtariylarga oshning batafsil retsepti taqdim etildi, uning O‘zbekiston hududidagi xilma-xil turlari keltirib o‘tildi. Bundan tashqari, mushtariylarning e’tibori mahalliy aholi oshdan so‘ng albatta issiq choy ichishiga qaratildi. Gazetxonlar sho‘rva, kabob, manti, tandir kabob, chuchvara va lag‘mon kabi o‘zbek oshxonasining boshqa taomlari bilan ham tanishtirildi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar