Главная » 2016 » Август » 22

Somalidagi hokimiyat binosi yonida yuz bergan portlash qurbonlari soni 23 kishiga yetdi


  • Pro_eXclusive
  • 22 Авг 2016(12:22)
  • 89
  • 0
Somalidagi hukumat binolaridan biri yaqinida avtomobil portlab ketdi, natijada kamida 23 kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “TASS” CNN telekompaniyasiga tayanib. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar orasida shu yaqin atrofda joylashgan maktab o‘quvchilari va mahalliy savdogarlar bor. Hodisa Somalidagi Puntlend muxtor tumani, Galkao shahridagi hokimiyat binosi yaqinida sodir bo‘ldi. Terakt uchun javobgarlikni “Ash-Shabob” guruhi o‘z zimmasiga oldi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar