Главная » 2016 » Сентябрь » 14

Stiven Sigal kelajakda Rossiya fuqaroligini olishi mumkinligini aytdi


  • Pro_eXclusive
  • 14 Сен 2016(11:19)
  • 289
  • 0
Amerikalik aktyor va prodyuser Stiven Sigal kelajakda Rossiya fuqaroligini olishi mumkinligini aytdi, deb yozadi “RIA Novosti”. Bu haqda u Yujno-Saxalinskda jurnalistlarga ma’lum qildi. “Rossiya fuqaroligi — istiqbolda turibdi, deb o‘ylayman. Men har yili bir necha oy vaqtni Rossiyadagi do‘stlarim, meni bu yerda kutadigan va yaxshi ko‘radigan odamlar bilan o‘tkazishni judayam xohlardim”, — dedi u. Sigal “Dunyoning bir burchagi” xalqaro kinofestivaliga mehmon sifatida tashrif buyurdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya boy madaniyati tufayli unga juda yoqadi. Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida aktyor Serbiya fuqaroligini oldi. Ammo Sigal AQSh fuqaroligidan voz kechgani yo‘q: Amerika qonunlari ikki davlat fuqaroligiga ega bo‘lishni man etmaydi.

Теги: Stiven Sigal kelajakda Rossiya fuqa

Всего комментариев: 0
avatar