Главная » 2016 » Август » 22

Styuardessalar SriLankan Airlines’ning mast uchuvchisiga Frankfurtdan uchib ketishga yo‘l qo‘ymadi


  • Pro_eXclusive
  • 22 Авг 2016(09:25)
  • 87
  • 0
Shri-Lankaning SriLankan Airlines aviakompaniyasi bort kuzatuvchilari rahbariyatni sarxush uchuvchining Frankfurt-Mayn (Germaniya)dan Kolomboga uchib ketish niyatidan xabardor qildi, deb yozadi “TASS”. Hamkasblarining demarshi (namoyishkorona murojaat)dan keyingina erkak samolyotni boshqarishdan bosh tortdi. Samolyot 19-avgust, juma kuni uchib ketishi kerak edi, ammo voqea haqida endigina ma’lum bo‘ldi. Uchuvchi ishga mast holda kelgani uchun reysni shanba kunga qoldirishga to‘g‘ri keldi. Reysga 259 yo‘lovchi ro‘yxatdan o‘tgan edi. Shturvalga sarxush holda o‘tirmoqchi bo‘lgan uchuvchi o‘z mehnat faoliyatini bajarishdan chetlashtirildi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar