Главная » 2016 » Август » 20

Suzish bo‘yicha 1992-yilgi Olimpiada chempioni Mark Tyuksberi Isinbayevani doping qabul qilishda aybladi


  • Pro_eXclusive
  • 20 Авг 2016(11:24)
  • 76
  • 0
Kanadalik suzuvchi, 1992-yilgi Olimpiada chempioni Mark Tyuksberi langarcho‘p bilan sakrash bo‘yicha ikki karra Olimpiada g‘olibi rossiyalik Yelena Isinbayevani doping qabul qilishda aybladi. Bu haqda Mark Isinbayevaning Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) sportchilari komissiyasi a’zosi etib saylanganidan so‘ng aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Sport-Ekspress”. – Doping qabul qilgan Isinbayeva XOQ sportchilari komissiyasi a’zosi etib saylandi? Tomas Bax (XOQ prezidenti – “Daryo” izohi), sportchilar olimpiya o‘yinlari yuragi ekanini aytgandi. U [Isinbayeva] sportchimi? Rostanmi? – deya yozdi Mark Tyuksberi Twitter’dagi sahifasiga. – Dunyo sporti rahbarlarining holati haqida xavotir hissini bildirmoqchiman. Chunki, doping qabul qilgan sportchilar XOQ komissiyasi a’zosiga aylanmoqda. Shundan so‘ng qanday qilib sportni tozalashimiz mumkin? Bu yerda ehtimol soxtalashtirish bo‘lgandir. Qayd etish joiz, XOQ komissiyasi a’zosiga aylanish mezonlaridan biri – nomzod hech qanday doping tarixiga ega bo‘lishi kerak emas. Faoliyati davomida biror marta ham doping qabul qilganlikda gumon qilinmagan Yelena Isinbayeva Rossiya yengil atletika termasining Rio–2016 chetlatilishi tufayli (Darya Klishinadan tashqari – uzunlikka sakrash) ushbu Olimpiadada ishtirok eta olmagandi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar