Главная » 2016 » Август » 21

Taekvondo. Rio—2016 dagi uchinchi jangida yengilgan Dmitriy Shokin final yo‘llanmasidan quruq qoldi


  • Pro_eXclusive
  • 21 Авг 2016(11:26)
  • 109
  • 0
O‘zbekistonlik taekvondo ustasi Dmitriy Shokin Rio—2016 Olimpiadasidagi uchinchi jangida nigerlik Issufu Abdulrazzoqqa qarshi tatamiga chiqdi. 80 kilogrammdan yuqori vaznga ega bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shokin 1/8 finalda xitoylik raqibini mag‘lub etgandi, chorak finalda esa kubalik Rafael Kastilodan ustun keldi. Nigerlik sportchiga qarshi bo‘lib o‘tgan final ostonasidagi jang Dmitriy Shokinning 2:8 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakuniga yetdi. Shu tariqa Niger mamlakati sportichisi final chiptasini qo‘lga kiritdi. Endi Shokin Rio—2016 bronzasini qo‘lga kiritish uchun jang qiladi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar