Главная » 2016 » Сентябрь » 3

“Taxtlar o‘yini” serialining yettinchi mavsumini suratga olish ishlari boshlandi


  • Pro_eXclusive
  • 03 Сен 2016(08:56)
  • 212
  • 0
“Taxtlar o‘yini” serialining oxiridan oldingi — yettinchi mavsumini suratga olish ishlari rasman boshlandi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”. Entertainment o‘z manbalariga tayanib yozishicha, HBO telekanali suratga olishni 30-avgust, seshanba kuniyoq Shimoliy Irlandiyada boshlagan. Shuningdek, suratga olish guruhi Ispaniya va Islandiyaga ham jo‘naydi. Odatda navbatdagi mavsumni suratga olish iyul oyida boshlanardi, ammo bu yil avgust oxiriga ko‘chirildi. Yettinchi mavsum premyerasi 2017-yil 24-aprel kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Avvalroq “Taxtlar o‘yini” serialining yaratuvchilari yettinchi va sakkizinchi mavsumlarda epizodlar sonini qisqartirish rejalarini oshkor etgandi. Jorj Martinning “Muz va olov qo‘shig‘i” nomli turkum romanlari asosidagi serial 2011-yildan beri efirga berilmoqda. “Taxtlar o‘yini” televideniyedagi eng mashhur seriallardan bo‘lib, noqonuniy ravishda ko‘chirib olishda ham yetakchilik qilmoqda(2015-yili 14, 4 million marta).

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar