Главная » 2016 » Март » 15

Telegram’dagi superguruhlarning a’zolari sonini 5 ming foydalanuvchigacha ko‘paytirish mumkin bo‘ldi


  • News
  • 15 Мар 2016(17:17)
  • 333
  • 0
Telegram messenjeri 13-mart kuni yangilandi. Messenjerning blogida yozilishicha, so‘nggi yangilanish asosan superguruhlar bilan bog‘liq.

Xabar berishlaricha, endi superguruhlarga 1000 emas, 5000 kishigacha a’zo bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, guruh administratorlari muhim xabarlarni ekranning yuqori qismiga “yopishtirib qo‘yish” imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Shuningdek, superguruhlarni ochiq guruhlarga aylantirish mumkin bo‘ldi — guruh ochiq maqomga o‘tkazilishi bilan, uning telegram.me/ochiqguruhnomi ko‘rinishida havolasi paydo bo‘ladi.

Avvalroq, fevral oyidagi yangilanishda Telegram asosan kanallarni isloh qilgandi — kanaldagi har bir xabar havolasini olish, xato chiqqan xabarni tahrirlash kabi imkoniyatlarni taqdim etgandi.

Теги: Telegram’dagi superguruhlarning a’z

Всего комментариев: 0
avatar