Главная » 2016 » Сентябрь » 7

The Telegraph dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylari o‘nligini e’lon qildi


  • Pro_eXclusive
  • 07 Сен 2016(15:12)
  • 408
  • 0
Buyuk Britaniyaning The Telegraph nashri dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylari o‘nligini e’lon qildi, deb xabar bermoqda “RBK”. 2016-yilning yozidan boshlab “Manchester Siti”ga ustozlik qilayotgan, yillik daromadi 15,3 million funtni tashkil etadigan ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiola dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyi hisoblanadi. “Bavariya” klubining italiyalik bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yiliga 12,6 million funt bilan ikkinchi, “Manchester Yunayted” jamoasining portugaliyalik mutaxassisi Joze Mourinyo yiliga 12,3 million funt bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Terma jamoa bosh murabbiylari eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylar o‘nligidan joy olmadi. Shuningdek, Italiya va Fransiya chempionatida faoliyat olib borayotgan murabbiylar ham ushbu reytingga kiritilmagan. Eng serdaromad murabbiylar o‘nligi Xosep Gvardiola (Ispaniya, “Manchester Siti”) — 15,3 million funt; Karlo Anchelotti (Italiya, “Bavariya”) — 12,6 million funt; Joze Mourinyo (Portugaliya, “Manchester Yunayted”) — 12,3 million funt; Arsen Venger (Fransiya, “Arsenal”) — 8,9 million funt; Luis Enrike (Ispaniya, “Barselona”) — 7,2 million funt; Yurgen Klopp (Germaniya, “Liverpul”) — 7 million funt; Antonio Konte (Italiya, “Chelsi”) — 6,6 million funt; Ronald Kuman (Gollandiya, “Everton”) — 6 million funt; Diyego Simeone (Argentina, “Atletiko”) — 5,1 million funt; Zinedin Zidan (Fransiya, “Real”) — 4,6 million funt.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar