Главная » 2016 » Август » 18

Tojikistonda yo‘qolgan rossiyalik alpinistlarni qidirish ishlari to‘xtatildi


  • Pro_eXclusive
  • 18 Авг 2016(09:45)
  • 113
  • 0
Uch nafar rossiyalik alpinist Tojikiston sharqidagi Ismoil Somoniy cho‘qqisini zabt etishga urinayotganida qor ko‘chkisi ostida qoldi, deb yozadi “Interfaks”. Tojikiston OAVlari mamlakat Sayyohlikni rivojlantirish kengashi raisi Davlat Habibovga tayanib xabar qilishicha, hodisa 14-avgust kuni Ismoil Somoniy cho‘qqisi yaqinidagi Laxsh tumani hududida sodir bo‘lgan. Habibovning so‘zlariga ko‘ra, alpinistlardan birini qutqarishga muvaffaq bo‘lishgan, ammo bir ayol va bir erkakni qidirish muvaffaqiyatsiz kechdi. Yo‘qolgan alpinistlarni qidirish ishlari to‘xtatildi. Ismoil Somoniy cho‘qqisi Tojikistonning Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati shimoli-g‘arbida 7495 metr balandlikda joylashgan.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar