Главная » 2016 » Сентябрь » 6

Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti loyihalashtirish, qurilish va avtomobil yo‘llaridan foydalanish institutiga aylantiriladi


  • Pro_eXclusive
  • 06 Сен 2016(08:05)
  • 184
  • 0
Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti Toshkent loyihalashtirish, qurilish va avtomobil yo‘llaridan foydalanish institutiga aylantiriladi. Bu O‘zbekiston Prezidentining 26-avgustdagi qarorida ko‘zda tutilgan, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.Oliy o‘quv yurtining ixtisosligi va yo‘nalishini o‘zgartirishdan ko‘zlangan maqsad sifatida hujjatda avtomobil yo‘llari qurilishi sohasida yetuk malakali kadrlar tayyorlash hamda Milliy avtomagistralni, shuningdek, respublika va mahalliy ahamiyatdagi yo‘llarni istiqbolda rivojlantirish loyihalarini realizatsiya qilish ko‘rsatilgan. Qarorga muvofiq, Toshkent avtomobil-yo‘llar institutining tugatilayotgan yo‘nalish va ixtisosliklar bo‘yicha bakalavr va magistratura talabalari O‘zbekistonning boshqa oliygohlaridagi tegishli yo‘nalishlarga o‘tkaziladi. Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti 1972-yilda Toshkent politexnika institutining avtomobil-yo‘llar fakulteti negizida tashkil etilgan.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar