Главная » 2016 » Август » 19

Toshkent halqa avtomobil yo‘lida “Gazel” mikroavtobusi ag‘darilib ketdi


  • Pro_eXclusive
  • 19 Авг 2016(12:12)
  • 129
  • 0
Toshkent halqa avtomobil yo‘lining “Uch qahramon” postiga yaqin qismida Nexia avtomobili va “Gazel” mikroavtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Telegram messenjeridagi avtohavaskorlarning guruhida fotoxabar qoldirilgan. Xabar berishlaricha, to‘qnashuv yuz bergan vaqtda “Gazel” ichida yo‘lovchilar bo‘lmagan. Hodisa oqibatida “Gazel” ag‘darilib ketgan, ichida yo‘lovchilari bo‘lgan Nexia’ning old tomoniga jiddiy zarar yetib, old oynasi sinib ketgan. Hodisa aynan qanday yuz bergani, hodisa oqibatida tan jarohati olib jabrlanganlar haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar