Главная » 2016 » Август » 22

Toshkent Kichik halqa yo‘lining Qushbegi dahasidan o‘tgan qismida katta tirbandlik kuzatildi


  • Pro_eXclusive
  • 22 Авг 2016(17:14)
  • 136
  • 0
Toshkent Kichik halqa yo‘lining Qushbegi dahasidan o‘tgan qismida 22-avgust, dushanba kuni tongda katta tirbandlik kuzatildi. Bu haqda o‘zbekistonlik avtohavaskorlarning Facebook’dagi guruhlarida ko‘plab xabarlar qoldirilgan. Ko‘plab foydalanuvchilar tirbandlik juda sekin harakatlanganini ma’lum qilgan. “Tirbandlikdan zo‘rg‘a chiqib ketdik, dahshat!”, — deb yozadi foydalanuvchilardan biri. Qayd etishlaricha, Kichik halqa yo‘lining bu qismidagi tirbandlik Muqimiy va Shota Rustaveli ko‘chalarining ayrim qismlari qurilish va ta’mirlash ishlari uchun yopilgani sabab yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Facebook foydalanuvchilarining ma’lum qilishicha, peshinga kelib tirbandlik tarqalib, yo‘l bo‘ylab transport qatnovi nisbatan barqarorlashgan. Avvalroq Toshkent shahar hokimligi Muqimiy va Shota Rustaveli ko‘chalaridagi qurilish va ta’mirlash ishlari 22-avgustdan yakuniga yetishi va mazkur ko‘chalardagi transport qatnoviga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklov olib tashlanishini ma’lum qilgan

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar