Главная » 2016 » Март » 19

Toshkentda 17-mart kuni 9 millimetr, Samarqandda esa 8 millimetr yog‘ingarchilik kuzatildi


  • News
  • 19 Мар 2016(08:44)
  • 281
  • 0
Toshkent shahrida 17-mart kuni havo harorati +9,9 darajagacha ko‘tarildi, 18-mart tongida esa havo harorati +2,6 daraja iliq edi.

17-mart, payshanba kuni Toshkentga 9 millimetr yog‘ingarchilik tushgan. Xuddi shu kuni Samarqand shahriga 8 millimetr yog‘in tushgan. Shaharda 17-mart kuni havo harorati +7,9 darajagacha ko‘tarilgan, 18-mart tongida +0,3 daraja iliq bo‘lgan.

“O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, 17-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan boshqa O‘zbekistonning barcha hududida yog‘ingarchilik kuzatilgan, alohida hududlarda yomg‘ir qisqa muddat qorga aylangan. Avvalroq Samarqand shahrida qor yoqqani haqida xabar berilgan edi.

17-mart kuni Navoiy shahrida havo harorati +6 darajagacha, Nukus, Urganch, Buxoroda +8 darajagacha, Jizzax, Guliston, Qarshida +10 darajagacha, Farg‘onada +14 darajagacha, Termiz, Andijon, Namanganda esa +16 darajagacha ko‘tarilgan.

18-martga o‘tar kechasi esa havo harorati shaharlarda quyidagicha pasaygan — Nukus, Samarqandda 0 daraja, Urganch, Navoiy, Jizzaxda +1 daraja iliq, Qarshida +2 daraja iliq, Toshkent, Buxoroda +3 daraja iliq, Gulistonda +4 daraja iliq, Termiz, Namanganda +5 daraja iliq, Andijon, Farg‘onada +6 daraja iliq.

Kunning boshqa qiziqarli yangiliklarini Telegram messengeridagi Official canalimiz @VOYDODATVda kuzatib boring!

Теги: Toshkentda 17-mart kuni 9 millimetr, Samarqandda esa 8 millimetr yog‘ing

Всего комментариев: 0
avatar