Главная » 2016 » Август » 19

Toshkentda Mustaqillik shoh ko‘chasining Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasi va Hamid Olimjon maydoni oralig‘idagi qismi vaqtincha yopildi


  • Pro_eXclusive
  • 19 Авг 2016(13:15)
  • 78
  • 0
Toshkentdagi Mustaqillik shoh ko‘chasining Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasidan Hamid Olimjon maydoniga olib boruvchi qismi vaqtincha yopildi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhida fotoxabar qoldirilgan. Xabar berishlaricha, Mustaqillik ko‘chasi bo‘ylab yangi yo‘l chiziqlari tushirilmoqda. Shu sababli mazkur ko‘chaning qayd etilgan yo‘nalishi bo‘ylab transport vositalari harakati vaqtincha cheklangan. Yo‘l ishlari qachon yakuniga yetishi va ko‘chaning mazkur yo‘nalishi bo‘ylab transport vositalari harakati qachon qayta yo‘lga qo‘yilishi haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar