Главная » 2016 » Август » 19

Toshkentda o‘z biznesini yaxshilamoqchi bo‘lganlar uchun seminar o‘tkaziladi


  • Pro_eXclusive
  • 19 Авг 2016(14:30)
  • 149
  • 0
25-sentabr kuni Toshkentda “Samarali savdolar texnologiyasi va psixologiyasi” mavzusi ostida maxsus seminar bo‘lib o‘tadi. Bizning seminarimizni tinglab, siz aynan o‘zingiz ish yuritayotgan biznesdagi mavjud bo‘lgan savdo qilish muammolarini hal qila olasiz, zamonaviy savdo qilish texnikalarini qo‘lga kiritib, ishchilaringiz yanada ko‘proq, tezroq va samaraliroq savdo-sotiq qilishni uddalay oladi. Spikerlar to‘g‘risida Mixail Vishnyakov: “Mukammallik cheksizdir!” Bugungi kunga kelib, savdo qilish va xizmat ko‘rsatish, xodimlarni boshqarish, nizolar va stressni boshqarish, samarali taqdimotlarni ishlab chiqish va o‘tkazish, bir jamoa bo‘lib samarali ish olib borish, samarali kommunikatsiya qilish, vaqtni boshqarish va shaxsiy hayotiy faoliyatni rejalashtirish, samarali muloqotlarni rejalashtirish va o‘tkazish, shaxsiy samaradorlik kabi ayrim biznes-ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan treninglar alohida o‘rin olib, mashhur bo‘lib ketmoqda. Ushbu va boshqa ko‘pgina treninglarning muallifi va olib boruvchisi kouch, boshqarish, tashkiliy rivojlanish va xodimlar bilan ishlash bo‘yicha trener-maslahatchi, trening texnologiyalarida ekspert — Mixail Vishnyakov hisoblanadi. Yulduz Sadikova Savdo-sotiq va sof foyda ko‘payishini faqatgina bilimlar bilan ta’minlashning iloji yo‘q. Har qanday bilimni ham ko‘nikmalarga aylantirish kerak va undan muntazam ravishda ish jarayonida foydalanish darkor. Yulduz Sadikova – sizga eng yaxshi ishlaydigan va amaliyotda tekshirilgan savdo-sotiqdagi texnologiyalarni taqdim etadi va ularni qanday qilib sizning kompaniyangizda ishlatish mumkinligini o‘rgatadi. Uning treninglari savdo-sotiqda ko‘nikmalarni shakllantirishga va rivojlantirishga, hamda tanlangan biznes faoliyatini keyinchalik ham mustaqil rivojlantirishga xohish-istak ufurib turishiga yo‘naltirilgan. Avvallari, Yulduz Sadikova trener va loyihalar koordinatori lavozimlarida YeXHT, YuNISEF, BMT, PSI kabi xalqaro tashkilotlarda ish olib borgan. 2011-yilda Yulduz o‘z faoliyatini o‘zgartirib va savdo-sotiq yo‘nalishiga o‘tib ketgan. Rinat Kunafin Samarali muloqot — bu muvvafaqiyatli ish va yorqin hayot. Rinat Kunafin boshqarish va tashkiliy rivojlanish bo‘yicha trener. Biznes treninglarning amaliy qo‘llanilishi, keng ko‘lamli, turlicha yo‘nalishlarga kiradi – xodimlarni boshqarish, strategik menejment, distributsiya, FMCG, B2B-B2C savdolari, shaxsiyatni rivojlantirish. Rinat ishontirish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda savdo va muloqotlar jarayonida e’tirozlarni yengish bo‘yicha mutaxassis hisoblanadi. Seminar 2016-yilning 25-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. O‘tkazilish joyi: Radisson Blu mehmonxonasi Manzil: Toshkent shahri, Аmir Temir ko‘chasi, 88. Batafsilroq ma’lumotlarni bizning saytimizdan www.ibcareer.uz yoki telefonlar +998 90 972-70-20 , +998 90 973-70-20 , +998 90 975-70-20 orqali bilib olishingiz mumkin. Maxsus seminar rus tilida bo‘lib o‘tadi. Improvement Business and Career kompaniyasi haqida Bizning kompaniyamiz treninglar va seminarlarni o‘tkazish bo‘yicha to‘la-to‘kis xizmatlarni taqdim etadi, hamda har qanday keng ko‘lamli va o‘ziga xos tadbirlarni o‘tkazishga vaqtincha xodimlarni tanlab berish va yetkazib berishga yordam beradi. Loyihaning asosiy maqsadi sizni maksimal darajada kerakli axborotlar bilan ta’minlash va sizning biznes g‘oyalaringizni hayotga joriy etishda yordam berish. Improvement Business and Career mutaxassislari har qanday kattalikdagi seminar va treninglarni tashkillashtirishga bajon-u dil yordam beradi. Biz uchun hal qilib bo‘lmaydigan masalaning o‘zi yo‘q, axir masala qancha qiyinroq bo‘lsa, u shunchalik qiziqarliroq bo‘ladi. Sizning seminaringizni tashkillashtirib biz nafaqat sizning ishonchingizni qozonamiz, balki sizni hayratga solamiz! Sizning qo‘ng‘iroqlaringizni kutib qolamiz! Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar