Главная » 2016 » Август » 19

Toshkentdagi Oybek ko‘chasining Nukus va Turkiston ko‘chalari kesishuvi oralig‘idagi qismida bo‘lajak favvoraning o‘rni paydo bo‘ldi


  • Pro_eXclusive
  • 19 Авг 2016(14:36)
  • 271
  • 0
Toshkentdagi Oybek ko‘chasining 19-avgust kuni tongda yopilgan Nukus hamda Turkiston ko‘chalari kesishuvi oralig‘idagi qismida maxsus texnikalar yordamida bo‘lajak favvoraning o‘rni tayyorlab bo‘lindi. Bu haqda Facebook va Telegram’dagi avtohavaskorlarning guruhlarida fotoxabarlar qoldirilgan. Avvalroq, Toshkent shahar hokimligi Toshkent temiryo‘l vokzali oldi hududlarini yanada obodonlashtirish, hududda istiqomat qilayotgan ko‘psonli aholining madaniy hordiq chiqarishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Oybek ko‘chasining Nukus hamda Turkiston ko‘chalari kesishuvi oralig‘idagi qismi yopilishini ma’lum qilgan edi. “Hududda yangicha yechimda obodonlashtirish ishlari olib borilishi mo‘ljallanmoqda”, — deyiladi Toshkent shahar hokimligining tezkor axborotida.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar