Главная » 2016 » Сентябрь » 3

Turkiya armiyasi 27 nafar kurd jangarisini yo‘q qildi


  • Pro_eXclusive
  • 03 Сен 2016(12:21)
  • 245
  • 0
Turk harbiy xizmatchilari yerdagi operatsiyalarda berilgan aviazarbalar oqibatida Kurdiston ishchi partiyasining 27 nafar jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda 2-sentabr, juma kuni Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Interfaks”. Bosh shtabning ma’lum qilishicha, asosan kurdlar yashovchi Turkiyaning janubi-sharqiy viloyati Hakkarida yana 30 nafar kurd jangarisi jarohat olgan. Avvalroq mamlakat bosh vaziri Binoli Yildirim Kurdiston ishchi partiyasi bir qator hujumlarni amalga oshirgandan keyin tinch siyosiy jarayonni qayta tiklash imkoniyatini qo‘ldan chiqarganligini ma’lum qilgan edi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar