Главная » 2016 » Август » 18

Turkiya sharqidagi portlashda uch kishi halok bo‘ldi, 71 kishi yaralandi


  • Pro_eXclusive
  • 18 Авг 2016(12:26)
  • 97
  • 0
Turkiyaning Van provinsiyasida yuz bergan portlash natijasida uch kishi halok bo‘ldi, yana 71 kishi jarohatlandi. Bu haqda Anadolu agentligi hukumat vakillariga tayanib ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”. Provinsiyadagi “Adolat va taraqqiyot partiyasi” rahbari Zohir Soganda agentlikka xabar berishicha, 71 nafar jabrlanuvchining uch nafari og‘ir ahvolda, ular orasida 17 politsiyachi ham bor. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, terakt Ipekoylu tumanidagi politsiya uchastkasi yaqinida sodir bo‘lgan. Bomba bino yonida to‘xtab turgan avtomobil ichida bo‘lgan. Hukumat teraktni Kurdiston ishchilar partiyasi vakillari amalga oshirgan, deb hisoblamoqda.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar