Главная » 2016 » Август » 17

Valeriy Meladze Toshkentda konsert beradi


  • Pro_eXclusive
  • 17 Авг 2016(08:19)
  • 121
  • 0
Rossiyalik qo‘shiqchi Valeriy Meladzening yakkaxon konserti 1-oktabr kuni Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”. Xonanda yubiley gastrol safari doirasida yangi dastur bilan chiqish qiladi, unda ommabop xit qo‘shiqlar yangraydi. Konsert tashkilotchilari ta’kidlashicha, 2015-yil aka-uka Meladzelar uchun ahamiyatli bo‘ldi. Valeriy o‘zining 50 yoshini nishonladi, shuningdek, “Sera” albomi chiqarilganiga 20 yil to‘ldi. Bundan tashqari, Valeriy va Konstantin o‘z hayotlarini musiqa bilan bog‘lashga qaror qilganiga ham roppa-rosa 30 yil bo‘ldi. Valeriy Meladzening konsertiga chiptalarni myticket.uz saytida, shuningdek, “Istiqlol” san’at saroyi kassalarida sotib olish mumkin.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar