Главная » 2016 » Август » 17

Xakerlar AQSh kiberqurolini sotish bo‘yicha auksion o‘tkazilishi haqida ma’lum qildi


  • Pro_eXclusive
  • 17 Авг 2016(11:04)
  • 139
  • 0
Shadow Brokers xakerlar guruhi kiberqurolning “to‘liq davlat to‘plami”ga ega bo‘lgani va uni auksionda sotishga tayyorligini bildirdi. Buning isboti tariqasida tarmoqda xavfsizlik tizimlarini chetlab o‘tish uchun mo‘ljallangan dasturiy kod joylashtirildi, deya xabar beradi “RBK”.Guruh o‘zi tomonidan o‘g‘irlangan dasturlarni eng yuqori narxni taklif etgan xaridorga sotishini ma’lum qildi. To‘lov bitkoinlarda amalga oshirilishini talab etayotgan xakerlar 1 million bitkoin (taxminan 568 million dollar) to‘plashga erishsa, o‘g‘irlangan dasturlardan bir qismini tarmoqda bepul joylashtirishni va’da qildi. Xakerlarga ko‘ra, mazkur dasturlar AQSh milliy xavfsizlik agentligi bilan bog‘liq ekanligi da’vo qilingan Equation Group kiberguruhiga tegishli bo‘lgan.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar