Главная » 2016 » Август » 17

Xitoyda bolalar savdosi bilan shug‘ullangan ayol qatl etildi


  • Pro_eXclusive
  • 17 Авг 2016(10:19)
  • 137
  • 0
Xuan Sinxen mamlakatda bolalarni sotgan jinoyatchilarning xalqaro guruhi a’zosi edi. Chaqaloqlar odatda yashirin ravishda Vyetnamdan olib kelingan, ba’zida guruh keyinchalik bolalarini olib qolish uchun homilador ayollarni ham chegara orqali o‘tkazgan. Tergov chog‘i politsiya 10 kundan yetti oylikkacha bo‘lgan 11 chaqaloqni qutqardi, ulardan o‘n nafari Vyetnamga qaytarildi. Jinoiy guruhning Xitoy va Vyetnam fuqarolaridan iborat bo‘lgan 20 dan ortiq a’zosi Fanchengan (Guansi-Chjuan muxtor tumani, Janubiy Xitoy) 22 oydan umrbod qamoq jazosigacha bo‘lgan muddatlarga hukm qilindi. Xuan Sinxen o‘lim jazosini bekor qilishlarini so‘rab apellyatsiya bergani, biroq yuqori sud hukmni o‘z kuchida qoldirgani bildirilmoqda.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar