Главная » 2016 » Август » 17

Xitoyda dunyodagi eng uzun va baland oynavand ko‘prikni ochishga hozirlik ko‘rilmoqda


  • Pro_eXclusive
  • 17 Авг 2016(15:25)
  • 164
  • 0
Inshootning uzunligi va kengligi tegishli ravishda 430 hamda 6 metrni tashkil etadi. 99 ta uch qavatli shisha panellardan iborat ko‘prik ikki qoyani birlashtiradi va daradan 300 metr balandlikda joylashadi. Har kuni ko‘prik va undan turib ochiladigan manzaralarni 8 minggacha bo‘lgan kishi tomosha qilishi mumkin. Biroq dastlabki paytlarda chiptani borishdan bir kun avval buyurtma qildirib qo‘yishga to‘g‘ri keladi. Ko‘prikning asosiy qismi qurilishi o‘tgan yil dekabrida yakunlangandi. Uning mustahkamligini namoyish etish uchun iyulda ko‘prik ustidan 2 tonnali yuk mashinasi yurgizildi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar