Главная » 2016 » Август » 21

Xitoydagi eng uzun va baland shishali ko‘prik rasman ochildi


  • Pro_eXclusive
  • 21 Авг 2016(11:34)
  • 372
  • 0
Xitoyning Xunan provinsiyasi, Chjanszyatsze milliy bog‘ida dunyodagi eng uzun va baland shishali ko‘prik rasman ochildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. Ko‘prik uzunligi 430, kengligi 6, yerdan balandligi 300 metr bo‘lib, uning qurilishi uchun 3,4 million dollar sarflandi. 20-avgust, shanba ko‘prik sinov tariqasida ochilgan birinchi kun bo‘ldi. Undan o‘tish uchun chipta sotiladigan kassalar mahalliy vaqt bilan 07:00 da ochildi, oradan bir soat o‘tib esa barcha chiptalar sotib bo‘lindi. Ayrim sayyohlar ko‘prik ochiladigan kunga chipta olish uchun kechki paytdan navbatga turgandi. Dastlabki paytlarda ko‘prikda bo‘lish vaqti va unga tashrif buyuruvchilar soni (garchi 800 kishini ko‘tarsa-da, hozircha 600 kishidan ortiq bo‘lmasligi kerak) cheklanishi bildirilmoqda.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar