Главная » 2016 » Август » 18

Xitoylik homilador ayol 17 oydan buyon farzandining dunyoga kelishini kutmoqda


  • Pro_eXclusive
  • 18 Авг 2016(18:12)
  • 525
  • 0
Markaziy Xitoyning Xunan provinsiyasida istiqomat qiluvchi Van Shi 17 oydan buyon farzandining dunyoga kelishini kutmoqda, deb xabar bermoqda “TASS”. Mazkur homila davomiyligi bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi. “Mutaxassislarning aytishicha, ayollar bolalarni 13-oyda dunyoga keltirgan holatlar bo‘lgan, ammo 17 oy – bunaqasi hali bo‘lmagan”, – deb ayolning turmush o‘rtog‘i so‘zlaridan iqtibos keltiradi “Chjungo jibao” gazetasi. Xabarda qayd etilishicha, Van Shining homiladorligi 2015-yilning fevral oyida boshlangan va juftlik noyabr oyida farzandli bo‘lishni rejalashtirgandi. Ammo to‘lg‘oq belgilangan vaqtda bo‘lmadi va ular ko‘rikdan o‘tish uchun mahalliy shifoxonaga muntazam ravishda qatnay boshladi. Homilaning 14-oyida shifokorlar bolaning kuchsizligi tufayli kesarcha kesishdan bosh tortgan edi. Endilikda shifokorlar Van Shi kelasi oyda farzandli bo‘lishini ta’kidlamoqda.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar