Главная » 2016 » Март » 17

Xitoylik shifokorlar 3D-modeldan foydalanib, chaqaloqning yuragini jarrohlik amaliyotidan o‘tkazdi


  • News
  • 17 Мар 2016(22:18)
  • 329
  • 0
Xitoyning Szilin viloyatida jarrohlar to‘qqiz oylik chaqaloqning yuragini muvaffaqiyat bilan jarrohlik amaliyotidan o‘tkazdi. Xabar qilishicha, operatsiyani rejalashtirishda go‘dak yuragining 3D-printerda chiqarilgan nusxasidan foydalanilgan.

Amaliyot 11-mart kuni o‘tkazilgan. Bolada og‘ir tug‘ma yurak xastaligi aniqlangan.

Shifokorlarning uqtirishicha, operatsiya o‘tkazilmagan taqdirda chaqaloq bir yoshga to‘lmasidan olamdan o‘tishi ehtimoli 80 foizni tashkil qilgan.

Birinchi marta shunga o‘xshash operatsiya 2015-yil iyulida Szyansu viloyatida o‘tkazilgan edi.

Теги: chaqaloqning yuragini jarrohlik ama, Xitoylik shifokorlar 3D-modeldan fo

Всего комментариев: 0
avatar