Главная » 2016 » Сентябрь » 14

Xitoyning ATL kompaniyasi Samsung Galaxy Note 7 uchun asosiy batareya yetkazib beruvchiga aylanadi


  • Pro_eXclusive
  • 14 Сен 2016(11:19)
  • 223
  • 0
Xitoyning Amperex Technology Limited (ATL) kompaniyasi Samsung Galaxy Note 7 smartfonlari uchun asosiy batareya yetkazib beruvchi bo‘ladi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”. Reuters o‘z manbalariga tayanib, yozishicha, Samsung Electronics ushbu modeldagi barcha smartfonlarni batareyasi yonib ketishi xavfi tufayli, bepul almashtirib berishini ma’lum qilgach, ATL batareya ishlab chiqarish uchun qo‘shimcha buyurtmalar qabul qilgan. Agentlik ta’kidlashicha, bungacha Galaxy Note 7 uchun asosiy batareya yetkazib beruvchi Samsung Electronics’ning sho‘ba korxonasi — Samsung SDI bo‘lgan. Kompaniya butun dunyo bo‘ylab ushbu modeldagi smartfonlarning 70 foizi uchun batareya ishlab chiqargan, ATL hissasiga esa smartfonlarning uchdan bir qismi to‘g‘ri kelgan va u Xitoy bozoriga urg‘u bergan. Tahlilchilar fikriga ko‘ra, ATL vaqtinchalik Galaxy Note 7 uchun yagona batareya yetkazib beruvchiga aylanishi mumkin, ammo bu qisqa muddatli yechim bo‘ladi. Samsung bu masalada agentlikka izoh berishdan bosh tortdi. Avvalroq Samsung Galaxy Note 7 sotuvi boshlangan vaqtdan buyon AQShda smartfonning yonib ketishi bilan bog‘liq 70 dan ortiq holatlar qayd etilgani ma’lum bo‘lgan edi. Shuningdek, Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 smartfonlari yonib ketishining dastlabki sababini malum qildi.

Теги: Xitoyning ATL kompaniyasi Samsung G

Всего комментариев: 0
avatar