Главная » 2016 » Март » 21

Xonanda Manzura Shahnozabonuning janozasiga estrada vakillaridan deyarli hech kim bormaganini aytdi


  • News
  • 21 Мар 2016(15:09)
  • 764
  • 0
Xonanda Manzura 14-mart kuni 42 yoshda olamdan o‘tgan hamkasbi Shahnozabonuning dafn marosimida estrada vakillaridan deyarli hech kimni ko‘rmaganini ma’lum qildi.

“Instagram’da ‘opajonim’lab uning o‘limi bilan keng ommani ‘tabriklagan’larning birortasi janozaga kelmadi. Faqatgina Davron Kabulovni ko‘rdim, rahmat unga. Shu yigitdan sal xafa edim, ammo shu kuni hurmatim oshdi. Men, Iroda Dilroz va radioboshlovchi Shirin G‘ofurovalar bor edik. Mayli, davlat tadbiri bilan banddir, desang, shu kuni davlat tadbiri yo‘q edi, to‘y desang ham hozir u darajada to‘y mavsumi emas. Biror joyi og‘rib qolgandir desang, nahotki hammasiniki yoppasiga birdan aynan shu kuni og‘rib qolgan bo‘lsa?!”, — dedi xonanda.

“Dutorchilardan bor deyishdi. Uning ‘gapchi’lari-chi, qayda qoldi? 2–3 kun o‘tib Mavluda opa Umida opani olib borganini eshitdim. Ammo qolganlar qani? Shuncha odam Instagram’ga (ta’ziyanoma) qo‘yganini ko‘rdim, shulardan qani endi birortasi kelgan bo‘lsa. Bilasizmi… Bir reytingi baland xonandaning onasi o‘lganida hammasi o‘sha yerda edi. Mashhur bo‘lsang shu, o‘limga ham ‘pont’ uchun hamma borar ekan”, — qo‘shimcha qildi xonanda.

Kunning boshqa qiziqarli yangiliklarini Telegram messengeridagi Official canalimiz @VOYDODATVda kuzatib boring!

Теги: Xonanda Manzura Shahnozabonuning ja

Всего комментариев: 0
avatar