Главная » 2016 » Март » 19

Xonandalar Farhod va Shirin bir-biriga bo‘lgan munosabatlari haqida ma’lum qildi


  • News
  • 19 Мар 2016(08:55)
  • 1105
  • 1
Farhod va Shirin dueti ishtirokchilari hamma vaqt birga. Ularni nafaqat ovoz yozish studiyasida, balki salon, sportzalda ham birga ekanliklarini aytib o‘tishadi. Qo‘shiqchilar “Ledi” gazetasiga bergan intervyusida bir-biriga bo‘lgan munosabatlari haqida ma’lum qildi.

“Biz Shirin bilan bir-birimizga juda bog‘langanmiz. Ammo muhabbat aka-singil va do‘stlar o‘rtasida ham bo‘lishi mumkin-ku! Biz u bilan qarindoshlardekmiz. Shu bilan birga Shirin bilan ko‘nglimiz yaqin”, — deydi Farhod.

“Yevropa shou-biznesidagi mashhur duetlarga qarang: ularning har birining o‘z shaxsiy hayoti bor. Biroq bu ularning birga ijod qilishiga to‘sqinlik qilmaydi. Aksariyat muxlislarning fikricha, biz Farhod bilan sahnada Navoiyning asaridagi sevishganlarga o‘xshaymiz. Axir biz sahnada artistlarmiz. Mening Farhodga bo‘lgan muhabbatim do‘stga, akaga nisbatan bo‘ladigan muhabbat”, — deya qo‘shimcha qildi Shirin.

Kunning boshqa qiziqarli yangiliklarini Telegram messengeridagi Official canalimiz @VOYDODATVda kuzatib boring!

Теги: Xonandalar Farhod va Shirin bir-bir

Всего комментариев: 1
avatar
1 Amirbek • 21:23, 19 Мар 2016
Juda zor Admin
avatar