Главная » 2016 » Август » 20

XOQ Rossiya yengil atletika termasini Pekin–2008 dagi 4×400 metr estafeta bahslaridagi kumush medaldan mahrum qildi


  • Pro_eXclusive
  • 20 Авг 2016(15:54)
  • 86
  • 0
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) yengil atletika bo‘yicha Rossiya terma jamoasini Anastasiya Kapachinskayaning doping namunasi ijobiy chiqqani uchun Pekin–2008 Olimpiadasida qo‘lga kiritilgan 4×400 metr estafeta bahslaridagi kumush medaldan mahrum qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda. Tekshiruv Kapachinskayaning namunasida ikkita taqiqlangan preparat – stanozolol va turinabolni aniqladi. 4×400 metr estafetada Rossiya terma jamoasi sharafini Anastasiya Kapachinskaya bilan birgalikda Yuliya Gushchina, Lyudmila Litvinova va Tatyana Firova himoya qilgan. Avvalroq yengil atletika bo‘yicha Rossiya ayollar terma jamoasi sprinter Yuliya Chermoshanskayaning doping namunasi ijobiy natija bergani uchun Pekin–2008 Olimpiada o‘yinlarining 4×100 metr estafeta bahslarida qo‘lga kiritgan oltin medaldan mahrum etilgandi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar