Главная » 2016 » Август » 17

Yamandagi kasalxonaga berilgan aviazarba natijasida halok bo‘lganlar soni 14 kishiga yetdi


  • Pro_eXclusive
  • 17 Авг 2016(08:39)
  • 94
  • 0
15-avgust kuni Yamanning Xadja provinsiyasidagi kasalxonaga berilgan aviazarba oqibatida halok bo‘lganlar soni 14 kishiga yetdi, deb yozadi “TASS” “Chegara bilmas shifokorlar” gumanitar tashkilotiga tayanib. “O‘tgan tunda Yaman shimoli-g‘arbida ‘Chegara bilmas shifokorlar’ ko‘magida faoliyat yurituvchi kasalxonaga berilgan aviazarbadan so‘ng shifoxonaga yotqizilgan besh bemordan uch nafari vafot etdi, natijada Xadjadagi o‘limlar soni 14 taga yetdi”, — deya ma’lum qildi tashkilot rasmiy vakili. 24 kishi yaralandi, ular turli kasalxonalarda davolanmoqda. Avvalroq Yamanning “al-Masira” telekanali Saudiya Arabistoni rahbarligidagi koalitsiya kuchlari Yaman shimolidagi Xadja provinsiyasida joylashgan kasalxonaga bergan aviazarba natijasida kamida 25 nafar tinch aholi vakillari halok bo‘lib, yana 20 kishi yaralanganini xabar qilgan edi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar