Главная » 2016 » Март » 19

Yangi iPhone SE/5se 4K-sifatli foto va videoni tasvirga olishga qodir bo‘ladi


  • News
  • 19 Мар 2016(08:50)
  • 408
  • 0
iPhone SE/5se taqdimoti 21-martda bo‘lib o‘tadi, ammo hozirdanoq u haqda anchagina ma’lumotlar aniq bo‘lgan. Chunonchi, insayderlar ta’kidlashicha, 4 dyuymli gadjet 4K-videoni tasvirga olishga qodir kameraga ega bo‘ladi.

Ular iPhone SE/5se rasmiy taqdimotida Apple kompaniyasi vakillari 4K-sifatda yangi smartfonning asosiy kamerasi yordamida suratga olingan promo-videoni namoyish etishini ta’kidlamoqda. U iPhone 6s’dagi kabi 12 megapikselli bo‘ladi.

Bir tomondan yangi kamera iPhone SE/5se’da foto va video sifati jiddiy ravishda oshishini ta’minlaydi, ammo ikkinchi tomondan, qurilma narxi avval taxmin qilinganidan ancha oshib ketishiga sababchi bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq iPhone SE’ga 8 megapikselli kamera o‘rnatilishi haqida xabar tarqalgan edi. Bundan tashqari, yangi smartfon tashqi ko‘rinishi jihatidan iPhone 5S’ga o‘xshash bo‘lishi, biroq xususiyatlari yanada yaxshilanishi taxmin qilinmoqda. Qurilmaga A9 protsessori, shuningdek, Touch ID barmoq izi datchigi o‘rnatiladi. Uning diagonali iPhone 6 va iPhone 6S modellarinikidan kichikroq bo‘ladi.

Kunning boshqa qiziqarli yangiliklarini Telegram messengeridagi Official canalimiz @VOYDODATVda kuzatib boring!

Теги: Yangi iPhone SE/5se 4K-sifatli foto

Всего комментариев: 0
avatar