Главная » 2016 » Февраль » 25

Yangi LG Stylus 2 smartfoni birinchi marta MWC 2016 ko‘rgazmasida namoyish etiladi


  • News
  • 25 Фев 2016(10:57)
  • 306
  • 0
LG Electronics (LG) kompaniyasi G4 Stylus’ning takomillashtirilgan versiyasi — Stylus 2 ni Ispaniyaning Barselona shahridagi MWC 2016 ko‘rgazmasida taqdim etadi. Displey diagonali 5,7 dyuym bo‘lgan model LG flagman qurilmalarining eng yaxshi jihatlarini o‘zida jamlagan. Stilusning uchi nanoqoplamaga ega, bu esa rezina materialli qoplama bilan qoplangan uning analoglariga nisbatan matnni yanada aniqroq terish imkonini beradi.

LG Stylus 2 uchun bir qator funksiyalar maxsus ishlab chiqilgan. Misol uchun, Pen Pop dasturi bilan Pop Memo va Pop Scanner o‘rtasida tezkor o‘tish menyusini yoqish mumkin. Bundan tashqari, yangi mahsulotda birinchi marta Pen Keeper funksiyasi qo‘shildi. Ushbu funksiya sensor stilusning joyida emasligini qayd etganda, displeyga xabar chiqaradi va stilusning yo‘qolib qolishi oldini oladi. Yangi Calligraphy Pen shrifti esa yozuvni peroli ruchkada yozilgandek chiroyli va nafis ko‘rinishda chiqaradi.

LG Stylus 2 o‘zining o‘tmishdoshlaridan ancha yupqa va yengil, qalinligi 7,4 mm, og‘irligi esa 145 gramm. Uning orqa paneli Spin Hairline naqshi bilan bezatilgan, metallga xos ko‘rinishda ishlangan ramka esa telefonning yon tomonlarini o‘rab turadi.

LG Stylus 2 smartfoni 3000 mA/soatli akkumulyator sig‘imiga va SD karta uchun slotga ega, bu esa foydalanuvchilarga turli multimedia kontentlarini 5,7 dyuym diagonalli katta displeyda zavq bilan tomosha qilish imkonini beradi.

“LG Stylus 2 katta displey, flagman smartfonlariga xos eng yaxshi funksiyalar va o‘rta narx segmentiga mansub modellarning narxini o‘zida mujassam qilgan, — dedi LG Electronics Mobile Communications kompaniyasining prezidenti Juno Cho. — Mazkur smartfon, o‘sish va ijodiy salohiyatni namoyon etish uchun keng imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ommaviy segment modellarini yanada yaxshilash yo‘lidagi yana bir qadamdir”.

LG Stylus 2 ning texnik xususiyatlari:*

Ekran: 5,7 dyuymli HD In-Cell Touch 1280 x 720)
Protsessor: 4 yadroli 1,2 GGs
Kamera: Asosiy kamera 13 Mp / Old kamera 8 Mp
Xotira: 1,5 Gb LPDDR3 RAM / 16 GB ROM / MicroSD
Akkumulyator: 3000 mA/soatli (almashtiriladigan)
Operatsion tizimi: Android 6.0 Marshallow
O‘lchamlari: 155 x 79,6 x 7,4 mm
Og‘irligi: 145 g.
Tarmoq: LTE / HSPA+ / GSM
Wi-Fi: 802.11 b, g, n / Bluetooth versiyasi: 4.1 / USB versiyasi: 2.0
Rangi: Titan / Oq / Jigar rang

Теги: Yangi LG Stylus 2 smartfoni birinch

Всего комментариев: 0
avatar