Главная » 2016 » Август » 18

Yangi Nexia’ning ilk xaridorlariga o‘z avtomobillari topshirildi


  • Pro_eXclusive
  • 18 Авг 2016(11:52)
  • 182
  • 0
8-avgust kuni GM Uzbekistan dilerlik tarmog‘i avtosalonlarida yangi modeldagi Nexia savdolari boshlandi. 18-avgust kuni esa Nexia’ning ilk sohiblari yangi avtomobillarining kalitlariga ega bo‘ldi. Bu haqda GM Uzbekistan matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi. Poytaxtdagi Driver’s Village dilerlik markazida avtomobillar hamda bonus tariqasidagi avtoaksessuarlar egalariga tantanali tarzda topshirildi. Eslatib o‘tamiz, 2016-yil 1-avgust kuni Asakadagi GM Uzbekistan avtozavodi konveyeridan eski avlod Nexia avtomobilining so‘nggisi chiqdi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan birinchi sedan 20 yil davomida — 1996-yil iyulidan buyon chiqarib kelindi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar