Главная » 2016 » Август » 23

Yaponiyada jazirama tufayli 5 kishi halok bo‘ldi


  • Pro_eXclusive
  • 23 Авг 2016(11:32)
  • 129
  • 0
Yaponiyadagi issiq ob-havo oxirgi haftada 5,4 mingdan ortiq odamning shifoxonaga yotqizilishiga sabab bo‘ldi, yana quyosh urishidan besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda 23-avgust, seshanba kuni mamlakatning Bosh yong‘in boshqarmasi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”. 15—21-avgust kunlari mamlakatning markaziy qismida issiq ob-havo biroz pasaygan, shuning uchun shifoxonaga joylashtirilganlar soni avvalgi haftaga qaraganda kamaygan. Rasmiylarning ma’lum qilishicha, jaziramadan eng ko‘p 65 yoshdan katta keksa kishilar aziyat chekmoqda. Yaponiyada issiq ob-havo iyun oyi o‘rtasidan buyon davom etmoqda. Faqat iyul, avgust oylarida 30 mingdan ortiq odam shifoxonaga yotqizildi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar