Главная » 2016 » Август » 23

Yaponiyada uchuvchisiz uchar qurilmalar qariyalarga mahsulotlar yetkazib berishni boshlaydi


  • Pro_eXclusive
  • 23 Авг 2016(11:25)
  • 96
  • 0
Yaponiya hukumati 2018-yilgacha mamlakatning aholi zichligi past bo‘lgan olis tumanlariga mahsulotlarni uchuvchisiz uchar qurilmalar orqali yetkazib berish dasturini ishga tushirmoqchi, deb yozadi “TASS” “Kiodo” agentligiga tayanib. Ushbu rejani amalga oshirish uchun hal qilish kerak bo‘ladigan asosiy muammolardan biri ayni paytda bunday qurilmalar parvozining ishonchliligi va xavfsizligi nisbatan past ekanligidir. Ma’lumotlarga ko‘ra, hukumat tegishli texnologiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha xususiy kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini kelasi yil byudjetiga kiritmoqchi. Hukumat uchuvchisiz uchar qurilmalar orqali mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha servisni rivojlantirish do‘konlarga borishga qiynaladigan keksa kishilarga yordam berishiga, shuningdek, tabiiy ofatlardan aziyat chekkan tumanlarga eng zarur buyumlarni yetkazishda qo‘l kelishiga ishonchi komil.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar