Главная » 2016 » Август » 19

YuNISEF: 2013-yildan buyon Janubiy Sudanda 16 ming bola qo‘liga qurol oldi


  • Pro_eXclusive
  • 19 Авг 2016(11:59)
  • 114
  • 0
Janubiy Sudandagi qurolli guruhlar va hukumat qo‘shinlari mamlakatda 2013-yilda ichki nizolar boshlanganidan buyon jangovar harakatlarda ishtirok etish uchun 16 mingga yaqin voyaga yetmaganlarni jalb qildi, shularning 650 nafari shu yil hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda BMT Bolalar fondi (YuNISEF)ga tayanib, “TASS” xabar berdi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, jangarilar va askarlar bunday amaliyotni bas qilish haqidagi da’vatlarga qaramay, bolalarni harbiy xizmatni o‘tashga jalb qilishda davom etmoqda. YuNISEFdagilar eslatishicha, bir yil avval Janubiy Sudanda 1775 nafar askar bolalar oilalariga qaytarilgan, bu voyaga yetmaganlarning tarixdagi eng ommaviy demobilizatsiyasi (harbiy xizmatdan bo‘shatilishi) bo‘lgan edi. Ammo tashkilotdagilar mamlakatdagi jangovar harakatlarning qayta boshlanishi va bolalarni yollash amaliyotiga qaytish erishilgan yutuqlarni chippakka chiqarishidan xavfsiramoqda.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar