Главная » 2016 » Январь » 7

2015-yilda oila qurgan o‘zbekistonlik mashhurlar


  • Admin
  • 07 Янв 2016(19:26)
  • 4821
  • 0

2015-yil o‘zbekistonlik bir qator mashhurlarning to‘ylari bilan yodda qoladigan bo‘ldi. Ular orasida, albatta,

Farrux Raimov va Dilso‘z hamda Oybek va Nigoraning to‘ylari alohida e’tiborga molik.

Quyida esa 2015-yili oila qurgan o‘zbekistonlik bir qator mashhurlarning ro‘yxati bilan tanishish mumkin.

Avvalroq 2015-yilda ota-ona bo‘lgan o‘zbekistonliklar haqidafotojamlanma tayyorlangan edi.

Ali Otajonov

Otajonovlar sulolasining kenja vakili — xonanda Ali Otajonov 2015-yil 10-fevral kuniuylandi.

Farrux Raimov va Dilso‘z

Yilning eng shov-shuvli to‘ylaridan biri 2015-yilning aprel oyida bo‘lib o‘tdi — xonanda

Farrux Raimov va xonanda Dilso‘z turmush qurdi. Ularning farzandli bo‘lishi yana alohida shov-shuv bo‘ldi.

Qilichbek Madaliyev

Marhum xonanda Oxunjon Madaliyevning o‘g‘li — xonanda Qilichbek Madaliyev 24-may kuni oila qurdi.

Sharof Sharopov va Gulchehra Eshonqulova

Aktrisa Gulchehra Eshonqulova 30-may kuni boshlovchi aktyor Sharof Sharopovga turmushga chiqdi.

Ma’lum vaqt o‘tib, ular ajrashgani haqida xabarlar tarqadi, biroq keyinroq ular yana birga ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Sanjar Tursunov

Futbol mavsumida tanaffus e’lon qilingan bir vaqtda futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi

Sanjar Tursunov uylandi. To‘y 8-iyun kuni bo‘lib o‘tdi.

Jasur Rapiqov

6-sentabr kuni “Ummon” guruhi vakili Jasur Rapiqov olti yillik muhabbati — Gulnoza bilan nikohdan o‘tdi.

Akbarxo‘ja Rasulov

12-oktabr kuni yosh aktyor Akbarxo‘ja Rasulov bo‘ydoqlikni tark etdi.

Sardor Mamadaliyev

Xuddi shu kuni xonanda Sardor Mamadaliyev ham uylandi.

Muzaffar Mirzarahimov

27-oktabrda xonanda Muzaffar Mirzarahimov oila qurdi.

Dilnoza Mamadaliyeva

“Davr” informatsion dasturi boshlovchisi Dilnoza Mamadaliyeva 6-noyabrda turmushga chiqdi.

Shahzod Rahimov va Robiya Shodiyeva

15-noyabr qo‘shiqchi Shahzod Rahimov aktrisa Asal Shodiyevaning singlisi Robiya Shodiyevaga uylandi.

Nigina Anorboyeva

Yosh aktrisa Nigina Anorboyeva 15-noyabrda o‘zidan 11 yosh katta kishiga turmushga chiqdi.

Asqar Hikmatov

Komik rollari bilan tanilgan yosh aktyor Asqar Hikmatov 19-noyabr kuni uylandi.

Odil Xoliqov

Marhum xonanda Muhriddin Xoliqovning o‘g‘li, xonanda Odil Xoliqov 21-noyabr kuni uylandi.

Oybek va Nigora

2015-yil 21-noyabr kuni o‘zbek shou-biznesi tarixida eng uzoq kutilgan to‘y bo‘lib o‘tdi — xonanda Oybek va Nigora va nihoyat turmush qurdi.

Islom To‘xtaxo‘jayev

Dekabr oyida futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Islom To‘xtaxo‘jayev oila qurdi.

Shuningdek,

aynan 2015-yilda xonanda Jo‘rabek ikkinchi marta oila qurdi, aktrisa Gulnora Qosimovaning to‘y

marosimi esa AQShda bo‘lib o‘tdi.

Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar