Главная » 2015 » Июль » 22

2015-yilda OTMlarga 605 836 nafar abituriyent hujjat topshirdi


  • News
  • 22 Июл 2015(09:26)
  • 1013
  • 0
20-iyul kuni respublikadagi barcha OTMlarda hujjat topshirish jarayonlari o‘z nihoyasiga yetdi, deb xabar qiladi “Xushnudbek.uz”.

Foto: uza.uz
Avvalroq abituriyentlar soni bo‘yicha o‘tgan yilgi rekord yangilangani haqida xabar bergan edik. Haqiqatdan mazkur yilda rekord natija qayd etilib, jami 605 836 nafar abituriyent hujjat topshirdi hamda bir o‘ringa 10,45 kishi da’vogarlik qilmoqda.

Aytib o‘tish joizki, o‘tgan yili 543 131 ta hujjat topshirilgan edi. Bu bir o‘rin uchun o‘rtacha 9,4 kishi da’vogarlik qilgan deganidir.

Respublika bo‘yicha eng ko‘p hujjat Termiz davlat universitetiga topshirildi. Mazkur oliygohning talabasi bo‘lish istagini 33 242 nafar abituriyent bildirgan. Bu bir o‘ringa 20 nafar abituriyent kurash olib bormoqda deganidir.

Keyingi o‘rinlardan Jizzax davlat pedagogika instituti (24 170 nafar), Andijon davlat universiteti (22 819 nafar), Farg‘ona davlat universiteti (22 253 nafar), Qarshi davlat universiteti (21 833 nafar) joy egallagan.

OTM nomi Kvota
Abituriyentlar soni

Konkurs
Termiz davlat universiteti 1662
33242

20.00
Jizzax davlat pedagogika instituti 1615
24170

14.97
Andijon davlat universiteti 1400
22819

16.30
Farg‘ona davlat universiteti 1274
22253

17.47
Qarshi davlat universiteti 1280
21833

17.06
Eng kam abituriyent Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida qayd etilgan bo‘lib, mazkur OTMga 213 kishi hujjat topshirgan.

Eng katta o‘rtacha tanlov esa, Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialiga bo‘ldi. Mazkur OTMga ajratilgan bitta o‘ringa o‘rtacha 25,82 kishi da’vogarlik qilmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy yilda bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha kunduzgi bo‘limlarga umumiy qabul kvotasi 57 907, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha 19 120 va to‘lov-kontrakt asosida 38 787 nafar miqdorida belgilangan.

Test sinovlari 1 avgust kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Manba: Daryo.uz

Теги: 2015-yilda OTMlarga 605 836 nafar a

Всего комментариев: 0
avatar