Главная » 2015 » Июль » 28

2015-yilning birinchi yarmida Rossiyadan Tojikistonga 433 nafar muhojirning jasadi jo‘natildi


  • Admin
  • 28 Июл 2015(18:20)
  • 490
  • 0

2015-yilning birinchi yarmi davomida Tojikistonga Rossiyadan tojikistonlik muhojirlarning jasadlari ortilgan 433 ta “200-yuk” olib kelindi, deb xabar bermoqda “News.tj”. Bu 2014-yilning shu davriga nisbatan 11 kishiga ko‘pdir.

Foto: Wikipedia

Tojikiston Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, muhojirlar o‘limi turli sabablar tufayli sodir bo‘lgan: 19 tasida qotillik, 232 tasida kasallik, 11 tasida o‘z joniga qasd qilish va hokazo.

Tojikiston Mehnat vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2015-yil iyun oyida Rossiya hududida 1 million 543 nafar Tojikiston fuqarolari bo‘lgan. 2015-yil birinchi yarmida Rossiyaga 638 934 kishi ketgan bo‘lib, ularning 546 076 nafari migratsiya hisobiga qo‘yilgan.

Всего комментариев: 0
avatar